Kirill-lotin oʻgirgich: matnni kirill, lotin va yangi lotin yozuvlari orasida bir zumda oʻgiring

Word uchun Bogʻlanish

Qaysi yozuvdan

Word (.docx), PDF yoki .txt · 1 MB gacha · faylni shu yerga sudrab tashlash ham mumkin

Qaysi yozuvga

Ctrl + Enter — natijadan nusxa olish

Tarix

Oxirgi 15 ta oʻgirish faqat shu brauzerda saqlanadi. Matn yozishni toʻxtatganingizdan 5 soniya keyin, nusxa olganda yoki yuklab olganda qoʻshiladi.

Yozuv Pro

Uzun matnlar, katta fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun. Bepul tarifda bir martada 5 000 soʻzgacha oʻgiriladi.

BepulPro

Narxi: oyiga 19 000 soʻm yoki yiliga 149 000 soʻm. Yozing — toʻlovdan keyin sizga Pro kaliti yuboriladi.

Pro soʻrash Narxlar va batafsil

Yozuv — oʻzbek matnini uchala alifbo orasida tez va aniq oʻgiradigan bepul onlayn vosita.

Yozuv nima qila oladi

Qanday foydalaniladi

  1. Matnni yuqoridagi oynaga yozing yoki joylang, yoxud Word, PDF yoki TXT faylni tashlang.
  2. Qaysi yozuvga oʻgirishni tanlang: kirill, lotin (1995) yoki yangi lotin (2026).
  3. Natijadan nusxa oling yoki faylni yuklab oling. Sariq soʻzlarga bir koʻz yugurtiring.

Bepul va Pro

Oddiy foydalanish bepul: bir martada 5 000 soʻzgacha matn va 1 MB gacha fayl. Katta hajmdagi ish uchun Pro (oyiga 19 000 soʻm): 12 MB gacha fayllar, 300 sahifagacha PDF va bir martada 20 tagacha fayl (bitta .zip qilib yuklab olinadi). Pro haqida batafsil

Kirill, lotin (1995) va yangi lotin (2026) harflari

KirillLotin (1995)Yangi lotin (2026)
ЎўOʻ oʻÖ ö
ҒғGʻ gʻĞ ğ
ШшSh shŞ ş
ЧчCh chÇ ç
ҚқQ qQ q
ҲҳH hH h
ХхX xX x
ЖжJ jJ j
ЙйY yY y
ЁёYo yoYo yo
ЮюYu yuYu yu
ЯяYa yaYa ya
ЭэE eE e
Ъъʼʼ

Qolgan harflar uchala alifboda bir xil oʻqiladi. Kirilldagi Ц, Ъ, Ь harflari lotinda qoidaga qarab yoziladi.

Koʻp beriladigan savollar

Bu bepulmi?

Ha. Bir martada 5 000 soʻzgacha matn va 1 MB gacha faylni roʻyxatdan oʻtmasdan bepul oʻgirish mumkin. Kattaroq fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun Pro bor.

Matnim xavfsizmi?

Ha. Oʻgirish sizning brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

Bu tarjimonmi?

Yoʻq. Yozuv tilni oʻzgartirmaydi, faqat alifboni: oʻzbekcha matn oʻzbekchaligicha qoladi, faqat kirill, lotin yoki yangi lotin harflarida yoziladi.

Yangi lotin alifbosida qaysi harflar oʻzgardi?

Toʻrt harf: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Qolgan harflar 1995-yilgi lotin alifbosidagidek qoladi. Batafsil: yangi lotin alifbosi.

Nega baʼzi soʻzlar sariq rangda?

Baʼzi soʻzlarni qoidaning oʻzi bilan aniq oʻgirib boʻlmaydi: masalan, kirilldagi ц lotinda s yoki ts boʻladi (цирк → sirk, лицей → litsey). Lugʻatda yoʻq bunday soʻzlar sariq bilan belgilanadi — ularni tekshirib chiqing va kerak boʻlsa qalamcha tugmasi bilan tuzating.

Word yoki PDF faylni oʻgirsa boʻladimi?

Ha. Word (.docx) hujjati joyida oʻgiriladi: formatlash, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi, natija oddiy matnli PDF, Word yoki TXT boʻladi. Skanerlangan PDF (rasm) oʻqilmaydi.

Internet boʻlmasa ishlaydimi?

Ha. Saytni bir marta ochganingizdan keyin u internetsiz ham ishlaydi. Telefonda uni ilova sifatida oʻrnatib qoʻyish mumkin.